"Barcelona" sobiq prezidenti jamoaning hozirgi tizimini jiddiy tanqid ostiga oldi.

"Barcelona"ning sobiq prezidenti Joan Laporta jamoaning hozirgi tizimini jiddiy tanqidga oldi

"Men ham muxlislar kabi hayron qoldim va jahlim chiqdi. Bu esa jamoaning hozirgi rahbariyati "Barcelona"ning filosofiyasiga aylanib ulgurgan, butun jahon futboliga "Barca"ni na'muna qilgan tizimdan voz kechganligini yana bir bor isbotidir va o'ylaymanki, prezidentlik saylovidan so'ng vaziyatni yanada kuchayishiga yo'l qo'yilmaydi"

2003-yildan 2010-yilgacha klub rahbariyatida Laporta har doim futbolning muayyan uslubi bilan ko'plab futbolchilarni tarbiyalagan Johann Kruiffning falsafasini himoya qilgan. Bu ko'rinish bilan "Barcelona" o'z tarixidagi yangilangan va yaxshiroq davrni boshlagan edi va shundan so'ng jamoani gollandiyalik murabbiyning shogirdlaridan biri Josep Guardiola jamoani o'z qo'liga oldi. Joan har doim o'z bayonotlarida klubning yangi rahbariyatining ushbu mashhur falsafani yo'q qilish niyati borligini aytib o'tgan.

Laporta o'z vakolatlari tugaganidan keyin 5 yil o'tib, jamoa bilan treble qayd etgan Luis Enrique bilan ishlab, jamoaning falsafasini yanada yuksaltirish maqsadida prezidentlik sayloviga o'z nomzodini qo'ydi. Lekin Laporta (33,03%)  saylovda jamoaning sobiq prezidenti Sandro Rosselning qamalishidan so'ng, uning o'rniga vaqtinchalik amaldagi prezident bo'lib turgan Rosselning yaqin do'sti Bartomeu (54,63%)ga yutqazib yo'qdi. Shunday qilib, Bartomeoning prezidentlik muddati 2021-yilda tugaydi. Ammo sobiq prezident joriy yilning mart oyida taslim bo'lmasligini va ushbu lavozim uchun qayta kurashish istagi borligini ma'lum qildi

"Rahbariyat kengashi prezidentlik saylovini joriy yil yozda o'tkazishni xohlamasmikan? Keling, shunday qilaylik! Men klubning haqiqiy falsafasi va tizimini qaytarish hamda jamoaning eski shuhratini, urf-odatlarini qaytarish uchun  o'z nomzodimni qo'yishga tayyorman.  Agar xohlasangiz, menga ovoz bering! Visca el Barça!"

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-05-11 22:48:08
Saylov shu kunlarda òtkazilsa 100% ovoz tòplasa kere
2019-05-09 23:36:24
Shu laporte qanchadan qancha kuchli oyinchilani opkegan agar shu prizident bosa barselona ozgarishi mumkun man oz ovozimi beraman shu odamga