[AS] | Yozda "Barcelona"dan 10 nafar futbolchi ketishi mumkin

"AS" nashrining xabar berishicha, mavsum so'nggida "Barcelona"ni o'n nafar futbolchi tark etishi mumkin.

Jamoadan aniq ketadiganlar - bular ijaraga olingan Jaison Murillo hamda Kevin-Prince Boateng. Biri "Valencia"ga qaytadi, ikkinchisi esa "Sassuolo"ga.

Undan tashqari jamoani jarohatlari bilan o'yini ochilmagan Thomas Vermaelen tark etadi. "Barcelona"ning ikkinchi darvozaboni Jasper Cillessen ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun o'z klubini o'zgartirmoqchi. Klub esa uni 30 mln. euroga baholadi

Jamoa omadsiz transferga aylangan Philippe Coutinhoni sotib oladigan klubni izlamoqda. Kataloniyaliklar uni 100 mln. euroga sotib yuborishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, Coutihno jamoaga jami 160 mln. euroga sotib olingan edi.

"Barcelona"ni yana Samuel Umtiti ham tark etishi mumkin. Ayniqsa, agar klub "Ajax"dan Matthijs De Ligtni sotib olsa, Fransiyalik himoyachi boshqa jamoalar bilan muzokaralarni boshlamoqchi

"Barcelona" Malcomni ham sotib yuborishga qarshi emas. Klubga vinger uchun kamida 35 mln. eurolik taklif kelib tushsa, uni ko'rib chiqishga tayyor.

Xavbek Ivan Rakitic ham yozda boshqa jamoaga ko'chib o'tishi mumkin. "Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko'ra, unga "Inter" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Rafinha Alcantaraning kelajagi so'roq ostida turibdi. "Arsenal"ga ijaraga berilgan Denis Suarez esa katta ehtimol bilan yozda jamoaga qaytadi va klub u bilan ham hayrlashishi mumkin

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-05-11 08:12:15
Malkom vermalen boateng murilio rafinya coutinyo Rakitich denis umtiti hamasi ketishi kk kupi barsa saviyasidagi uyinchilamas buladan kura wotford dagi delofeu kuchliro albagayam raqobatchi topiw kk digne ketkandan kiyn albani uzi qoldi chap qanotta
2019-05-10 08:13:35
Suaresda hujumchilarni to'p bilan ta'minlay olish texnikasi bor. ko'proq o'yinga tushirish kerek.
2019-05-10 08:12:11
Umtiti qoldirib, denis suaresni qaytarish kerek. chunki umtiti bu mavsum jarohat olib, formasini yaxshi tiklay olmadi. suares kelsek uni qaytarib zahiradan ko'proq o'yinga tushirish alenyaga o'xshab.