"Barcelona" "Liverpool"ga 5 mln. euro o'tkazib beradi

"Barcelona" "Liverpool" hisob raqamiga Braziliyalik himoyachi Philippe Coutinhoning o'tgan yili yanvar oyida amalga oshgan transferining bonuslari sifatida 5 mln. euro o'tkazib beradi

"Liverpool Echo" manbasining xabariga ko'ra, 26 yoshli xavbek Kataloniyaliklarga 123 mln. euroga tushgan. Biroq bu hali hammasi emas, kelishuvga undan tashqari bonuslar sifatida 42 mln. euro kiritilgan. Bu pullarning bir qismida agar futbolchi jamoa bilan Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqqani uchun 5 mln. euro to'lashlari zarur bo'ladi.

Bundan tashqari avvalroq ayrim OAV nashrlarining xabariga ko'ra, agar kataloniyaliklar turnirning finaliga yo'llanma olganida bu narx 6 mln. euroga aylanishi mumkin edi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak