Ter Stegen Liverpooldan uchralgan mag'lubiyat haqida o'z instagram sahifasida post qoldirdi

"Barcelona" posboni Marc Andre ter Stegen, Liverpooldan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng muhlislar uchun post qoldirdi. 

"Kech yozilayotgan xatim uchun uzr.

Men bo'lib o'tgan voqealardan so'ng o'z ongimni tozalab olishib kerak edi va hali ham shu bilan ovoraman.

O'yindan so'ng men juda ham ko'plab xabarlar qabul qildim va sizlardab kelgan qo'llab quvvatlashlar, hamdardliklar va hurmat uchun rahmat demoqchiman.

Sizlar juda ham ajoyib! Qo'llab quvvatlashingiz bizni mag'rurlantiradi va biz ayni damda bunga muhtojmiz. Mavsum hali tugagani yo'q va bizning oldimizda Copa del Rey o'yini kutib turibdi.

Faqat sizlar bilangina bularni amalga oshirishimiz mumkin.

Yalshanba kuni mavsumning Camp Nouda bo'ladigan so'nggi o'yini bo'lib o'tadi va men barchangizni kutib qolaman! Visca Barça!"

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak