Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home! Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home!
Valverde "Barcelona"ga so'nggi so'zlarini aytib hayrlashdi

Mening "Barcelona"dagi faoliyatim o'z yakuniga yetdi. Ikki yarim yillik faoliyatim boshidanoq qizg'in tarzda davom etdi. Bu vaqt mobaynida menda g'alaba va sovrinlarni nishonlash uchun hursandchiliklar ham bo'ldi shuningdek mushkul va murakkab lahzalarni ham boshdan kechirdim. Avvalo, muxlislar bilan bo'lgan tajribamni va murabbiy sifatida ishlagan paytimda menga bo'lgan mehr-muhabbatni ta'kidlab o'tmoqchiman.

Jamoa prezidenti Josep Mariya Bartomeu va direktorlar kengashiga menga murabbiylik qilish imkoniyatini bergani va bu vaqt davomida ishonch bildirganida minnatdorman. 

Klubda ishlagan barcha insonlarga qo'llab-quvvatlaganliklari va faoliyatim davomida menga ijobiy munosabatda bo'lganliklari uchun, jamoa o'yinchilari va uning atrofida ishlaydigan men bilan juda ko'p narsalarni baham ko'rishgani uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.  

Albatta, futbolchilar bilan birgalikda to'rtd kubok uchun egalik qilishimizga imkon bergan barcha sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shu kundan boshlab men ularga dunyodagi barcha omadlarni va yangi murabbiy Quique Setién  ham omad tilayman. 

Visca Barsa va Visca Kataloniya.

Ernesto Valverde

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak