Messi - La Ligada ketma-ket 16 yildan beri gol urayotgan ilk futbolchi
La Liga
20.01.2020 | 01:00
20-tur

Leoning goli “Barcelona”ga “Granada” ustidan 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Ushbu gol Messi uchun 2020 yildagi birinchisi bo'ldi. SHu tariqa argentinalik hujumchi La Liga doirasida ketma-ket 16 yildan beri gol urayotgan ilk futbolchiga aylandi.

Kuchli beshlik chempionatlarida bundan yaxshiroq natija qayd etayotgan uch nafar futbolchi bor. “Juventus” forvardi Krishtianu Ronaldu 18 yildan beri shunday natijaga erishib kelmoqda. “Verona” hujumchisi Jampaolo Paccini va “Bordo” vakili Jimmi Brian esa kuchli beshlik ligalari doirasida 17 yildan beri gol urishda davom etmoqda.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak