"Barcelona" bosh murabbiyi Kike Seten o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi
La Liga
20.01.2020 | 01:00
20-tur

"Barcelona" bosh murabbiyi Kike Seten "Granada" bilan bo'lib o'tgan klub boshchilidagi dastlabki o'yinni sarhisob qildi.

 O'yin haqida

"O'ylashimcha, bu ajoyib o'yin. Ehtimol birinchi bo'limda bizga omad yetishmadi. Granada yaxshi himoyalandi va bu oson kechmadi. Bundan tashqari, ob-havo noqulay edi, shamol bo'lib maydon quruq bo'ldi. Raqiblarimiz birinchi bo'limda faqat bitta, ikkinchi bo'limda ham birgina zarba amalga oshirgani xursandman.

"O'ylaymanki, biz juda ko'p ish qildik va umid qilamanki, biz asta-sekinlik bilan harakatlarni kuchaytirib, raqib darvozasi oldida yanada yaxshilanamiz."

Messi haqida

“U butun umri davomida qilgan ishini qildi. Bu haqiqat. Shunday o'yinlar bo'ladiku, sizga butun o'yin davomida omad va ilhom yetishmaydi, oxirida esa ajoyib lahzalar bo'ladi. Vidaldan ajoyib to'pig'i o'tadi ”, dedi Seten.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak