Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home! Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home!
"Barsa" Koutinyo masalasida bir qarorga keldi.

«Bavariya»da ijara asosida harakat qilayotgan yarimhimoyachi Filippe Koutinyo mavsum soʼnggida katta ehtimol bilan «Barselona»ga qaytadi.
 
Marca`ning xabariga koʼra, Kataloniya klubi rahbariyati braziliyalik futbolchini 80 mln yevroga sotishni niyat qilgandi, biroq bu borada aniq takliflar boʼlmadi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasi ham ushbu transferning amalga oshishiga toʼsqinlik qilishi mumkin. Shu bois, «Barsa» Koutinьoni ortga qaytarib, 2021 yilgacha kutib turmoqchi. 

Oldinroq Koutinьoga Londonning «Chelsi» klubi tomonidan qiziqish bildirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maʼlumot uchun, Koutinьo joriy mavsumda Bundesligada 22ta oʼyin oʼtkazib, 8ta gol urdi va 6ta golga hammualliflik qildi.

Manbaa: tribuna.uz

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak