Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home! Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home!
Setien: "Men "Barsa" oʻyinchisi boʻlmagan oʻyinchilar haqida gaplashishni istamayman".

Lautaroning transferi haqidagi mish-mishlar - so'nggi bir necha oy ichida "Barselona" haqidagi eng baland va muhokama qilingan yangiliklar biri boʻldi. Kelishuv haqida juda ko'p fikrlar va tafsilotlar bor, hatto Kike Setien ham ulardan charchagan ko'rinadi.

Jurnalistlarning Lautaro haqidagi doimiy savollariga, Setien qisqa javob berishga odatlanib ham qoldi: "Menga barcha ajoyib futbolchilar yoqadi. Ammo men odatda "Barselona" tarkibiga kirmaydigan oʻyinchilar haqida gapirishni istamayman.

Bu Setiendan Lautaro haqida birinchi marta so'ralayotgan narsa emas. O'tgan oyda "Barsa" ustozi mish-mishlarga quyidagicha izoh berdi: "Leo bilan o'ynash bu katta rag'bat. Kim ham Messi bilan o'ynashni istamaydi deysiz?"

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak