Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home! Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home!
Messi baribir Messi-da! Buni olimlar ham tan oldi.

Niderlandiyaning SciSports informatsion kompaniyasi Belgiyaning Leven Universiteti olimlari hamkorligida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduning o‘yin sifatlari ustida tadqiqot o‘tkazishdi, deya xabar bermoqda Sport.es nashri.

Olib borilgan tahlil natijasiga ko‘ra, argentinalik 32 yoshli goleador portugaliyalik 35 yoshli to‘purardan maydonda ikki barobar kuchliroq ekanligi oydinlashgan. Izlanishlar futbolchilarning harakatlari samaradorligi va har tomonlama o‘yin jihatlari ustidan olib borilgan. 

Xususan, futbolchilarning o‘yin davomidagi barcha harakatlari va uchrashuv natijasiga ta’siri alohida baholangan. Messining natijasi 1,21 ballni tashkil etgan bo‘lsa, Ronalduniki 0,61 ballni tashkil qilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Messi Ronaldudan ko‘ra to‘p bilan ko‘proq haratkat qilib, ko‘proq vaziyatlar yaratadi hamda o‘yin natijasiga ham ko‘proq ta’sir o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda 28 o‘yinda 21ta gol urgan bo‘lsa, Ronaldu 29 o‘yinda 23ta golga mualliflik qilgan.

Manbaa: tribuna.uz

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak