Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home! Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home!
Kroos "LaLiga" haqida: "Barca" qachondir qoqilishini kutishimiz kerak

"Real Madrid" jamoasining yarim himoyachisi Tony Kroos qaytayotgan "LaLiga" chempionatining davomi haqida gapirdi.

— Biz faqatgina "Barcelona" qoqilishini kutishdan boshqa ilojimiz yo'q. Bizga qatiyatli o'yin yetishmayabdi. Agar shunday o'ynaganimizda koronavirus davridagi tanaffusga bir yetakchi sifatida chiqib ketgan bo'lar edik. Lekin hozir vaziyat boshqacha,

Hammasi qaysi jamoada kamroq jaroxatlar bo'lishiga bog'liq. Jamoaga har bir o'yinchi muhim. Bu vaziyatdan kim oqilona foydalana olsa, o'sha jamoa chempion bo'la oladi.

O'yinlar jamoalarning jismoniy holatini ko'rsatib beradi. Bu narsani mashg'ulotlarda aniqlash qiyin, faqatgina o'yinlarga yaxshilab tayorlanish kerak. Birinchi o'yindan so'ng "Real" qanday ahvoldaligini ko'ramiz. – dedi Kroos.

27 o'yindan so'ng "Real" "Barcelona"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda. "Qaymoqranglilar" o'zlarining tanaffusdan so'ng ilk o'yinini yakshanba oqshomida "Eibar"ga qarshi o'tkazishadi.

www.fcb.uz

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak