Barcelona Dembelening narxini tushurdi, biroq bunday futbolchi "MU"ga kerak emas!

Dembélé: Koeman sparks doubts over Barcelona winger's future - AS.com

"Barcelona" hali ham vinger Usmon Dembeleni sotib yuborish niyatida bo'lib turibdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida malumotlar berilgandi. O'z vaqtida "Barselona" futbolchini sotib olish uchun Dortmundning "Borussiya"siga 104 mln evro to'lagandi. Shu sababli kataloniyaliklar MYUdan Dembele uchun kamida 70 mln evro so'rayotgandi. Endi esa talab 60 mln yevrogacha tushdi.

Goal nashrining xabariga ko'ra, MU jarohatga moyil bo'lib qolgan futbolchiga bunday katta summa to'lashni istamayapti. Shu boisdan ular yana Jeydon Sanchoga etibor qaratmoqchi.

23 yoshli fransuz ushbu mavsumda LaLigada 1 o'yin o'tkazdi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak