Koeman: "Barcelona"ning ishtiroki yoqdi

Ronald Koeman: More than a Manager for More than a Club -Sportszion

Kataloniya klubi ustozi La Liga doirasida “Sevilya”ga qarshi o'tkazilgan o'yindan (1:1) so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu qiyin o'yin edi. To'p bizda bo'lganda ham o'zimiz xohlagandek o'ynay olmadik. “Sevilya” esa yaxshi futbol namoyish qildi. Ularda pressing ham yaxshi edi, shuningdek, jismoniy jihatdan ham bizdan yaxshi tayyorgarlikka ega edi. “Barselona”ning ishtiroki yoqdi. Jamoa charchadi, ammo yaxshi raqibga qarshi o'yin so'ngiga qadar kurashdi. O'z ishimizdan mamnun bo'lishimiz mumkin. Ammo bizga ishlash uchun ko'proq vaqt kerak. Uchta qiyin o'yin o'tkazdi: ikkitasida yutdik, birida esa durang o'ynadik. 7 ochkodan xursandman. Koutinoga murabbiy tomonidan ishonch va yordam kerak. U yaxshi o'yinlar o'tkazdi va qoyilmaqom o'yinchi ekanligini isbotladi”, — deydi Kuman.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak