Griezmann navbatdagi quruq seriyasini o'tkazdi

Barcelona: Setién defends decision to leave Griezmann on the bench - AS.com

“Barselona” La Liga 5-turi doirasida “Sevilya” bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Kataloniyaliklar forvardi Antuan Grizmann uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 61-daqiqada zaxiraga olindi. Futbolchi ushbu bahsda gol ham ura olmadi, golli uzatma ham bermadi.

Grizmann yangi bosh murabbiy Ronald Kuman qo'l ostidagi 3 ta rasmiy bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq ularning hech birida samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasida 35 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bergandi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak