ElClasico | Jaxon futbolidagi eng yulduzli o'yin

ElClasico - shubxasiz, jaxonning eng jarangli ismlarini birlashtiradigan kun. Shanba kuni Camp Nou stadionida yana shunday holat kuzatilad. Shu fursatdan foydalanib, yulduzli nomlarni e'tiboringizga havola qilmoqchimiz. 

Lionel Messi (FC Barcelona): ayni damdagi Oltib to'p va The Best sovrinlari g'olibi... Dunyodagi eng kuchli o'yinchi. LaLiga ElClasicolarida eng ko'p gol urgan - 18 (26ta barcha musobaqalarda), klasikolarning eng yosh het-trik egasi (19 yoshida) va eng ko'p assistlar egasi (14ta). 

Sergio Ramos (Real Madrid): o'z jamoasining so'zsiz yetakchisi, sardori va top-urari. Ramos LaLiga tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi (o'tgan mavsum Ronald Koemanni ortda qoldirgan). ElClasicolar tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchi - 44ta (Messida 43ta)

 

Gerard Pique (FC Barcelona): 2008-yilda Angliyadan qisqa muddat o'tkazib qaytgan va Barcelaning markazida toshdek qotib jon-jaxti bilan o'ynab kelayotgan shaxslarda biri hisoblanadi. Pique Real Madrid jamoasiga har qanday klubdan ko'proq qarshi o'ynagan 38ta uchrashuv (18ta g'alaba, 10ta durrang, 10ta mag'lubiyat)

Karim Benzema (Ream Madrid): So'nggi dekadada Realning 9-o'yinchisi bo'lib kelmoqda. U ElClasicoda ilk bor 2009-yil ko'rinish bergan. Fransuz klubi uchun 250ta gol bilan 5-o'rinda kelmoqda.

Frenkie de Jong (FC Barcelona): Koemanning kelishi bilan 23-yoshli futbolchi Barelonadagi markaziy yarim himoyada o'z o'rnini mustahkamladi. Ajaxdan 75 mln euro evaziga kelib qo'shilgan de Jong haqida jamoa afsonasi Xavi ham ijobiy fikr bildirib unda Barcaning DNK si borligini ta'kidlab o'tgan. 

Luka Modric (Real Madird): 2018-yil Oltin to'p va JCH Oltin to'p sohibi. Modric so'nggi o'n yillikda jaxon futbolida o'z o'rnini yoqotmasdan kelmoqda. Modricning 35 yoshligiga qaramay Zayniddin Zidan uni o'z jamoasining asosiy figuralaridan deb biladi. 

Va shu o'rinda yana son-sanoqsiz global super yulduzlar bor: Serxio Buskets, Marcelo, Toni Kroos, Koutinyo ... hamda Eden Azar va Mark-Andre ter Shtegen, ular ikkalasi ham jarohati tufayli o'tkazib yuborishadi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak