Koeman ertangi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi va 10-raqam haqidagi savolga javob berdi

"Getafe" Laliganing dastlabki ikkita o'yinida yaxshi o'yin ko'rsatgani tufayli bizni qiyin o'yin kutib turibdi.

Umtiti?  Bu o'yinchi haqida gapirmaganim ma'qul, klub mening qarorlarimni biladi va men hali ham shartnomasi bor futbolchilarni hurmat qiladigan murabbiyman. Vaziyati murakkab bo'lgan bir qator futbolchilar bor.

Fati? Men shoshmoqchi emasman, chunki menimcha, Ansuning maydonga qaytishi uchun ko'proq vaqt kerak. Chunki u uzoq vaqt jarohat olgan edi.

Moriba? Men U bilan gaplashishni yoqtirmayman, chunki men u bilan oldin gaplashganman va klub mening fikrimni biladi. Endi qaror futbolchi va klubga bog'liq.

Pjanic va Coutinho ahvoli? Ularda ham shunday vaziyat bor, Coutinho o'z pozitsiyasini biladi. Bu pozitsiyada juda ko'p raqobat bor va u o'ynash uchun imkoniyat qidirishi kerak.

10-raqam? Bilmadim, buni klub hal qiladi

"Camp Nou" da g'alaba qozonish biz uchun har doim muhim va menimcha, oson o'yin yo'q, har bir o'yinning o'ziga xos qiyinchiliklari bor. Birinchi haftamizdan juda xursand bo'ldim.

Futbolchilarni sotishga hali vaqt bor, Pjanic - ulardan biri. Lekin uni qaydnomaga kiritmaslikning iloji yo'q, chunki bu hurmatsizlik.

Mbappe bilan "Real" shartnoma imzolashidan tashvishlanyapsizmi?  Xavotir olmang, agar pulingiz bo'lsa, u hamma bilan shartnoma tuzishi mumkin. To'g'ri, Mbappe eng yaxshilaridan biri va hamma uni o'z jamoasida bo'lishini xohlaydi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak