Bartomeu Griezmanni klubni kuchaytirish uchun olib kelmagan, uning maqsadi boshqa edi

Sport nashrining xabar berishicha, Antoine Griezmann jamoani kuchaytirish uchun olib kelinmagan. Bartomeu futbolchilarning kiyinish xonasidagi muhitini o'zgartirish bilan ovora edi. U Messi va Suarezning jamoaga ta'sirini kamaytirmoqchi bo'lgan.

Klubdagi sport xodimlari Griezmann bilan shartnoma imzolamaslikni tavsiya qilishgan va Valverdening o'zi ham bunga qarshilik qilgan. Bir kuni Leo Messi Ernesto Valverdedan Griezmann bilan shartnoma imzolansa futbolchi qaysi pozitsiyada o'ynashini so'radi. Valverde boshini pastga tushirdi va bir og'iz ham so'z aytmadi.

Jamoa sardorlari Griezmann bilan tez orada shartnoma imzolanishi haqida matbuot orqali bilib olishgach, darhol prezident Bartomeudan so'rashdi. U ularga yolg'on gapirdi va bu noto'g'ri ma'lumot ekanligini aytdi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak