"Barcelona" Felixni deyarli jamoaga qo'shib olgan edi, ammo bir sabab tufayli kelishuv barbod bo'lgan.

"Barcelona" Griezmann o'rniga "Atletico"ning boshqa futbolchisini olib kelmoqchi bo'lgan . 

Kataloniyaning Cat Radio nashri xabar berishicha, klub Joao Felixni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan. Barcha tomonlar Griezmann va Felix almashuviga rozi bo'lishgan, ammo "Atletico" oxir-oqibat portugaliyalik futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgan. Bunga sabab qilib futbolchi Kataloniya klubida porlab keta olishiga shubhalar bo'lgani keltirilgan.

Eslatib o'tamiz, "Barcelona" transfer oynasining so'ngi soatlarida Griezmanni "Atletico"ga sotib olish sharti bilan ijaraga qo'yib yuborgan edi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak