Laporta: Men kuniga 4 yoki 5 soat toza vijdon bilan uxlayapman

Laportaning kecha bergan intervyusi:

Mening dam olishga vaqtim yo'q. Biz saylovda g'alaba qozonganimdan beri har kuni tinimsiz ishlayapmiz, chunki klub sharoitlari juda yomon va biz haqiqatan ham hamma narsani yaxshilanishini xohlaymiz.

‌Eng og'riqli narsa Leoning ketishi, eng yaxshisi esa biz olgan 595 million eurolik kredit. Bu bizga katta yordam beradi.

Biz muxlislarga umidni qaytaramiz. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Lekin hamma voqea va muammolar birdaniga hal qilinmaydi va biz asta-sekin bularni yengamiz.

Bizning maqsadimiz - Barcani yana bir bor dunyoning eng yaxshi klubi va eng yaxshi jamoasiga aylantirish.

Men kuniga 4 yoki 5 soat toza vijdon bilan uxlayapman. Mening o’z shaxsiy hayotimdagi vaqtim kam va men butun vaqtimni "Barca" ga bag'ishlayman.

Men klubdagi maoshim yoki pulim haqida o'ylamayman. Men hammasini o'zgartirmoqchiman.

Barca dunyoning eng yaxshi klubi bo'ladimi?

Ha, bu bizning asosiy maqsadimiz.

Messi har doim bizning qalbimizda qoladi va unga hamisha "Barcelona" eshiklari ochiq.

Messining tekinga o'ynashini kutganmidingiz!?

Men bu haqda gapirmayapman. Men xohlagan narsa - biz qabul qilgan qarorni hurmat qilish. Biz xafa bo'ldik, lekin Leodan futbolchi va inson sifatida zavq oldik.

Leoning ketishi achinarli. Men kelajakka qarashga va o'tmish haqida o'ylamaslikka harakat qilaman.

- Roberto?

Ayrim tafsilotlar qoldi. Kapitanning harakatlari juda zo'r. Uning maoshi kamaytirildi va biz ba'zi shartnomadagi o'zgaruvchanlikni olib tashladik

-Dembele?

Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi, o'yinchi klubda qolishni istaydi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak