Dembele qishdayoq klubini o‘zgartirishi mumkin

«Barselona» futbolchisi Usmon Dembele yaqin vaqtlarda klubni tark etishi mumkin. 

Nemis nashrlarining ma’lumot berishicha, futbolchiga «Bavariya» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi sport direktori Hasan Salihamijich va rahbariyat 24 yoshli futbolchi transferini yozgacha qoldirmoqchi emas. Sababi, joriy mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan futbolchi istalgan paytda o‘z fikrini o‘zgartirib qolishi mumkin. 

O‘z navbatida, «Yuventus»ning ham 24 yoshli futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchiligi haqida ham xabarlar mavjud. 

Ma’lumot uchun, Usmon Dembele ushbu mavsumda jami 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak