Dembele "Barselona"dan katta maosh talab qilmoqda

Kataloniyaning "Barselona" klubi franciyalik vinger Usmon Dembele bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha kelisha olmayapti.

Kelishmovchilik o'yinchining yuqori moliyaviy talablari sabab ro'y bermoqda.

Dembele muzokaralar davomida maosh talabini qo'ydi. U yangi shartnomaga ko'ra, yiliga 20 million evro maosh olmoqchi. "Ko'k-anorranglilar" moliyaviy inqiroz sabab bunday yuqori maoshga kafolat bera olishmaydi.

Agar tomonlar kelisha olishmasa, Dembele klubdan ketadi. Yarim himoyachi bilan "Yuventus" va "Manchester Yunayted" shartnoma imzolashi mumkin.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak