Xavi: "Men "Bavariya" kabi jamoalar bilan raqobatlasha olishimizni istayman. Biz to'g'ri yo'ldamiz!"

"Barcelona" bosh murabbiyi Xavi matbuot LaLiga 20-tur "Granada"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Oldinda bizni qiyin o'yin kutmoqda, lekin biz to'g'ri yo'ldamiz deb o'ylayman. Bizning maqsad – Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish, va biz raqiblarimiz mag'lub bo'lishini kutishga majburmiz.

Biz Fati borasida tavakkal qilmoqchi emasmiz, u "Granada"ga qarshi o'ynamaydi, ammo Superkubokda ishtirok eta oladi.

Umid qilamanki, biz Ferran Torresni ro'yxatdan o'tkaza olamiz, ammo har qanday holatda ham, ertaga u o'ynamaydi. Matteu (klub sport direktori) oylik maoshni kamaytirish ustida qattiq ishlamoqda.

- Araujo qachon qaytadi? U Superkubokda qatnashadimi?
Araujo operatsiyadan so'ng o'zini yaxshi his qilmoqda. Biz endi uning tuzalish jarayonini kuzatishimiz kerak, ammo uning Superkubokka qadar tiklanishi qiyin bo'ladi.

Hozir biz "Granada" haqida o'ylayapmiz va "Real" haqida o'ylamay, o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu biz har doim qilayotgan ishimiz, biz har bir o'yinga alohida e'tibor qaratamiz.

Biz Superkubokka qadar barcha tayyor bo'lishini xohlaymiz. Ayni damda koronavirus bilan kasallangan Pedri hamda Ferran va "Aston Villa"ga ketgan Coutinhodan tashqari deyarli barcha futbolchilar safga qaytishdi. Bu yaxshi.

Biz "Linares"ni mag'lub etdik, bu qiyin o'yin bo'ldi. Biz barcha sovrinlar uchun kurashmoqchimiz, ertangi o'yinni yakunlasak, keyingi o'yin haqida gapirsak bo'ladi. Har bir o'yin biz uchun finaldek bo'ladi.

- "Granada" murabbiyi Moreno haqida qanday fikrdasiz?
Menda u va Luis Enrique bilan yorqin hotiralar qolgan. U bilan qachonlardir birga ishlaganimdan hursandman. Bizda ajoyib atmosfera bor edi.

Abde koronavirusga topshirgan testidan yaxshi javob oldi va ertaga o'yinda qatnasha oladi.

Depayning ahvoli yaxshi, biz uning jarohatini jiddiyroq bo'ladi deb o'ylagandik, lekin u yaxshi. Agar hammasi shu kezda davom etsa, ertaga u qaydnomaga kiritiladi.

Philippe Coutinho? Philippe ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni va shu sababli ketishni xohladi. Bundan tashqaru biz oylik maoshlarni qisqartirishga majburmiz.

Umtiti bilan nima bo'ladi, ko'ramiz, ammo hozir u bizning jamoa futbolchisi.

- Ushbu transfer oynasida yana sotuvlar bo'ladimi?
Hammasi futbolchilarga va ular ko'rsatadigan o'yinga bog'liq. Agar futbolchi ko'proq o'yin amaliyoti olish uchun ketishni istasa, bunga ijobiy qaraymiz. Bu oylik maoshni qisqartirishni istayotgan klub uchun ham foyda.

Gavi va Nico? Biz uchun eng muhimi Gavi va Niconi asosiy jamoa futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish. Ayni damda Gavi terma jamoa futbolchisi hisoblanadi, va Nico esa kelajakda uning yoniga qo'shiladi. Shu sababli, ularning hamon "Barça B" futbolchisi bo'lishlari mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan.

Jutgla? Ferran Jutgla – qoyilmaqom futbolchi va u endigina 22 yosh bo'lishiga qaramay, ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. U pozitsion o'yinni yaxshi tushunadi va bu juda muhim. U hatto (gol) urmasa ham men undan qoniqish his qilgan bo'lardim.

- Dembele shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa ham unga ishonasizmi?
U oxirgi o'yinda o'ynadi, lekin asosiy tarkibdada maydonga tushmadi, chunki u endigina COVIDdan qaytgan edi. Men boshqa hech narsa haqida gapirmayman, ammo u ajoyib mahoratga ega va u muhim rolni o'ynay oladi. U biz uchun muhim futbolchi bo'lib qolaveradi.

Hatto Covid bilan kasallangan futbolchilar ham mashg'ulotlarni uylarida davom ettirishmoqda. Mana nima uchun, masalan, Dembele "Linares"ga qarshi o'yinda ishtirok etdi. Biz tuzalgan futbolchilarimizni qaytarib olyapmiz, bu yaxshi xabarlar.

G'alaba – albatta, har doim yaxshi. Xatto bizning "Linares" ustidan qozongan g'alabamiz ham biz uchun ko'p narsani anglatadi. Ertaga biz yutishimiz shart. Bizning ishimizni qiyinlashtiradigan raqiblar bor, ammo biz ishlashda davom etamiz.

- Ertaga Collado "Barcelona"ga qarshi o'ynaydimi?
Men Collado har doim o'ynashini xohlayman. U joriy mavsum "Barcelona"da o'ynay olmagani achinarli, ammo men u mashg'ulotlarda qanday yaxshi ishlayotganini ko'rdim, u aniq bizga yordam bergan bo'lardi. U juda iqtidorli. Uning maqsadi – yozda qaytish. "Granada"da u o'z iqtidorini albatta ko'rsatadi.

– Nima deb o'ylaysiz, bu safar "Barcelona" Superkubokda "Real Madrid" bilan raqobatlasha oladimi?
Men har qanday jamoani yuta olishimizga har doim ishonishni istayman. Men buni "Bavariya"ga qarshi, "Sevilla"ga qarshi, "Betis"ga qarshi o'yinlarda ham aytganman. Biz "Real" bilan kurashmoqchimiz va har qanday jamoani yutishni xohlaymiz. Men "Bavariya" kabi jamoalar bilan raqobatlasha olishimizni istayman. Biz to'g'ri yo'ldamiz, biz kurashishimiz va qattiq ishlashimiz kerak.

- Copa del Rey 1/8 bosqichi qur'a natijasi haqida
Bizning omadimiz kelmadi. Uyda o'yin o'tkazishni xohlagan bo'lardim. Bu juda qiyin raqib, biroq biz keyingi bosqichga o'tishga harakat qilamiz. Bu qiyin o'yin bo'lishi aniq, Marselino ajoyib murabbiy. Biz o'yinni yutishga harakat qilamiz.

- "Barcelona" La Ligani yuta oladimi?
Biz bunga umid qilamiz. Men jamoani qabul qilib olgan payt sport va iqtisodiy jihatdan yaxshi holatda emas edik. Ammo ishlar yaxshilanmoqda va menimcha, biz to'g'ri yo'ldamiz. Menga hozir jamoaning kiyinish xonasida ko'rayotgan atmosfera yoqyapti. Biz turli sharoitlarda o'ynashimiz kerak, shuning uchun har bir jamoaga qarshi qanday o'ynashimiz haqida alohida o'ylashimiz kerak. Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak