Barcelona tarixi

"Barcelona" futbol klubi yana "Barça" nomi bilan ham mashhur bo'lgan katalon professional klubi — Ispaniya va dunyodagi eng ko'p sovrin yutgan klublardan biri hisoblanadi. 1899-yil Joan Gamper boshchiligidagi Shveytsariya, Britaniya, Ispaniya va Katalon futbolchilari tomonidan tashkil etilgan. Klub Kataloniya ramzlaridan biriga aylandi. Klubning shiori — Més que un club(ya'ni "Bir jamoadan ko'proq"). "Barcelona" muxlislari o'zlarini "culés" deb atashadi.

"Barcelona" — Ispaniyaning eng ko'p sovrin yutgan klubi hisoblanadi — 69ta (25-Ispaniya chempioni sovrini, 30-Ispaniya kubogi, 13-Ispaniya superkubogi, 2-Ispaniya Ligasi kubogi). Bundan tashqari, "Barcelona" Ispaniya chempionatidan quyi pog'onaga tushib ketmagan uchta klublardan birdir. Boshqa ikkitasi esa "Real Madrid" va "Athletic Bilbao".

"Barcelona" uzoq vaqtlardan buyon o'z libosida homiylik logotipini ishtishni rad etgan bir nechta klublar sirasiga kirar edi. Biroq, 2005-yildan "Barça" futbolkalari chap yelkasida — TV3 (Kataloniya televideniyasi) logotipi, shorti va yoqasida Kataloniyaning kichkina bayrog'i paydo bo'ldi. 2006-yil 14-iyulda klub UNICEF bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, unga ko'ra fondning logotipi jamoa libosida paydo bo'ldi. 2012-yilda Katalonlar Qatar Foundation nodavlat notijorat tashkiloti bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Unga ko'ra, klub futbolkasidagi reklkama uchun har yili € 30 mln. ishlab topdi.

2009-yilda "Barcelona" ajoyib ko'rsatkich qayt etdi. Klub yil davomida barcha yirik musobaqalarga g'olib bo'lgan yagona jamoaga aylandi (Ispaniya chempioni, Ispaniya Kubogi sohibi, UEFA Chempionlar Ligasi g'olibi, Ispaniya superkubogi sohibi, UEFA superkubogi sohibi hamda Klublar o'rtasida jahon chempioni). Bundan tashqari, Ko'k-anorranglilar "Oltin xet-trik" yokida "Trebl" (Ispaniya chempionati, Ispaniya kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi) qayd etgan tarixdagi yagona ispan klubi bo'ldi.

2013-yilda "Barcelona" futbolchilarning transfer qiymatiga asosan, dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.

2015-yilda "Barcelona" yana bir bor "Oltin xet-trik" qayd etib, futbol tarixida ikki bor "Trebl" qayd etgan yagona klubga aylandi.

Jamoaning erishgan yutuqlari:

Milliy:                                                                                                                                                                         Ispaniya chempioni (25 marta) - 1929, 1944/45, 1947/48, 1948/49, 1951/52, 1952/53, 1958/59, 1959/60, 1973/74, 1984/85, 1990/91, 1991/92, 1992/93, 1993/94, 1997/98, 1998/99, 2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2017/18
Ispaniya kubogi (30 marta) [REKORD] - 1910, 1912, 1913, 1920, 1922, 1925, 1926, 1928, 1942, 1951, 1952, 1952/53, 1957, 1958/59, 1962/63, 1967/68, 1970/71, 1977/78, 1980/81, 1982/83, 1987/88, 1989/90, 1996/97, 1997/98, 2008/09, 2011/12, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18
Ispaniya superkubogi (23 marta) [REKORD] - 1983, 1991, 1992, 1994, 1996, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018

Xalqaro:
UEFA Chempionlar Ligasi / Chempionlar Kubogi (5 marta) - 1992, 2006, 2009, 2011, 2015
UEFA Kubok egalari kubogi (4 marta) - 1979, 1982, 1989, 1997
UEFA superkubogi (5 marta) - 1992, 1997, 2009, 2011, 2015 yillar
Klublar o'rtasidagi Jahon Chempionati (3 marta) - 2009, 2011, 2015 yillar