Barcelona logotipi

1899-yil 12-dekabrda Joan Gamperning hamrohlari klubning emblemasini aniqladilar. Shaharning sport hayotiga qo'shgan hissasini ko'rsatish uchun Kataloniya gerbi "Barselona" emblemasi deb qabul qilindi.
Keyinchalik, 1910-yilda boshqaruv kengashi ulug'vor klubning o'zining emblemasi bo'lishi kerak deb qaror chiqarishdi (chunki "Barselona" shu paytda ko'zga ko'rinishni boshlagan edi). Shu maqsadda konkurs e'lon qilindi va konkursda Kolumb porti yuk tashuvchisi Jordi Lasa Garsiya g'olib bo'ldi. Aynan u jahon futbolining grandi uchun Kataloniya ranglari (qizil va sariq), klub ranglari (ko'k anorrang) va oq fondagi qizil krest (Angliya bayrog'i)ni o'z ichiga olgan hozirgi emblemani taqdim qilgan edi.

Klubga "Ko'k anorrang" ranglari qayerdan kelib qolgani haqida bir biridan farqli bo'lgan afsonalar mavjud. Sal haqiqatga yaqinroq variant: "Barselona"ning asoschisi Joan Gamper klub futbolchilari kanton rangi (Shveytsariyaning ma'muriy bo'linmasi) kabi kiyinishini xohlagan edi. Chunki uning hayoti Shveytsariyada o'tgan. Yana bir variant: shveytsariyalik ushbu ranglarni o'zining birinchi jamoasi "Ekselsior"dan ko'chirib olgan. Niyohat yana bir yaqin variant: klub rahbariyatining yig'ilishida mutaxassislardan birida yarmi ko'k, yarmi qizil qalam bor edi va shu orqasidan ko'k anorrang kelib chiqqan. Shunga o'xshash har xil variantlar juda ko'p, lekin aynan qaysi biri to'g'ri ekani hali hamon noma'lum.


"Barselona" emblemasining evolyutsiyasi

1899—1906

1906—1920

1920—1936

1936—1939

1939—1946

1946—1960

1960—1974

1974—1975

1975—2002

2002—....