To'liq ismi: Iñaki Peña Sotorres

Tug'ilgan kuni: 1999-yil 2-mart

Tug'ilgan joyi: Alikante, Ispaniya

Fuqaroligi: Ispaniya

Bo'yi: 184

Vazni: 78

Iñaki Peña Alikantega kelganida, u 5 yoshda edi. 2009-yilda "Villarreal" unga qiziqib qoladi. Darvozabon u yerda o'sishga erishadi. 2011-yilda "Arona" turnirining eng yaxshi darvozaboni deb tanlanadi. "Barca" darvozabon "La Masia"ga kelganiga bir yil o'tib, unga e'tibor qaratadi. Darvozabon "Barcelona"ga kelgan mavsumni o'zidayoq klubning 14 yoshlilar jamoasi bilan La Ligani yutadi va jamoaning chempion bo'lishiga katta rol o'ynaydi.  Uning mahorati va o'yini uni o'sishiga va shu darajaga kelishiga sabab bo'ladi. U "Barcelona U20" jamoasi bilan 2017/18 mavsum yoshlar o'rtasida Chempionlar Ligasi chempioniga aylanadi. 2018/19 mavsumda "Barca B"ning asosiy darvozaboniga aylanadi. Asosiy jamoadan qaysidir darvozabon jarohat oladigan bo'lsa, ushbu darvozabon qaydnomaga kiritiladi.

Amaldagi shartnoma muddati: 2021-yilgacha