To'liq ismi: Jean-Clair Todibo

Tug'ilgan kuni: 1999-yil 30-dekabr

Tug'ilgan joyi: Kayenna, Fransiya

Fuqaroligi: Fransiya

Bo'yi: 190

Vazni: 71

Todibo "Le Liga" hamda "Toulouse" klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018-yilda "Bordo"ga qarshi o'yinda u Fransiya chempionati "Liga 1"da debyut qiladi. Shu yili 30-sentyabrda "Renn"ga qarshi o'yinda u "Toulouse" safidagi ilk golini kiritadi. Lekin keyinchalik Todibo klub murabbiylar shtabi bilan kelisha olmay qoladi va tarkibdan chetlatila boshlaydi. Uning klub bilan shartnomasi 2019-yil iyun oyida o'z nihoyasiga yetishi kerak edi. Klub unga yangi shartnoma borasida taklif jo'natadi, lekin yosh fransuz u taklifni rad etadi. Qishki transferlar vaqti u "Barcelona" bilan muzokara o'tkazadi va kelishuvga erishadi. U yozda "Barcelona"ga o'tishi aniq bo'ladi. "Barcelona" esa futbolchini yanvardayoq qo'lga kiritish uchun "Toulouse" bilan muzokaralar o'tkazadi. Lekin muzokaralar omadsiz yakunlanadi. Va nihoyat, Todibo qishki transfer oynasining so'nggi kunida 2019-yil 31-yanvar kuni "Barcelona"ga o'tishi aniq bo'ladi. U "Barcelona"ni tark etgan Denis Suarezning "6"-raqamini tanlaydi. Chunki klubda boshqa raqamlar qolmagan edi.

Amaldagi shartnoma muddati: 2023-yilgacha