To'liq ismi: Jeison Fabián Murillo Cerón

Tug'ilgan kuni: 1992-yil 27-may

Tug'ilgan joyi: Barrakilya, Kolumbiya

Fuqaroligi: Kolumbiya, Ispaniya

Bo'yi: 184

Vazni: 78

Murillo - "Deportivo Kali" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yilda uni Italiyaning "Udinese" klubi skautlari topishadi. O'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uni "Granada"ga ijaraga berishadi. Birinchi yili Jeison klubning yoshlari safida to'p suradi. 2011-yilda "Granada" Murilloni to'liq sotib oladi va "Kadis"ga ijaraga beradi. 2012-yil yozda u ijara asosida "Las-Palmas"ga yo'l oladi. Keyingi yil yozda u "Granada"ga qaytadi. 18-avgustda u "Osasuna"ga qarshi o'yinda La Ligada debyut qiladi. 2015-yil fevralda Murillo "Inter" bilan 4 yillik shartnoma asosida kelishuvga erishadi. U yozda "Inter"ga kelib qo'shiladi. Transfer narxi 8 mln. euro. 23-avgustda "Atalanta"ga qarshi o'yinda u Italiya chempionati "Serie A"da debyut qiladi. 2017-yil 18-avgust kuni himoyachi 2 yil muddatga keyinchalik sotib olish sharti bilan ijara asosida "Valensiya"ga yo'l oladi. 2019-yil yanvar oyida 2 mln. euro evaziga ijara asosida "Barcelona"ga o'tadi. Ijara muddati 2018/19 mavsum so'nggigacha. Shartnomaga ko'ra "Barcelona" futbolchini 25 mln. euroga sotib olish huquqi mavjud

Amaldagi shartnoma muddati: 2019-yil yozgacha (ijara)