To'liq ismi: Kevin-Prince Boateng

Tug'ilgan kuni: 1987-yil 6-mart

Tug'ilgan joyi: G'arbiy Berlin, Germaniya

Fuqaroligi: Gana, Germaniya

Bo'yi: 186

Vazni: 86

7 yoshida Kevin Berlinning "Gerta" klubi akademiyasiga bordi. Akademiyada tarbiyalangan Kevin 17 yoshida ikkinchi jamoa futbolchisiga aylandi. Yana 2 yildan so'ng esa asosiy jamoa futbolchisi bo'ldi. 2005-yil 13-avgust kuni Bundeliganing 14-turidan o'rin olgan "Borussia Mönchengladbach"ga qarshi o'yinda "Gerta" safida debyut qildi. "Gerta" lagerida o'tgan 13 yildan so'ng, 2007-yil 31-iyul kuni Kevin 5,4 mln funt evaziga "Tottenham"ga ko'chib o'tdi va 4 yillik shartnoma imzoladi. 2007-yil 3-noyabr kuni Kevin Angliya Premier Ligasining 12-turidan o'rin olgan "Mildsbro"ga qarshi o'yinda debyut qildi. Bir oz vaqt o'tib, jamoa bosh murabbiyi Martin Yol uni jamoaga kerak emasligini ta'kidladi. 2008/09 mavsumdagi omadsiz startdan so'ng, Yol iste'foga chiqarildi, uning o'rniga esa Xuande Ramos keldi. Yangi murabbiy ham Kevinni jamoaga mos emas deb hisobladi. 2009-yil yanvarda Boateng mavsum so'nggiga qarad "Borussia Dortmund"ga ijaraga berildi. Dortmundliklar Boatengning o'yinidan qoniqish hosil qilishdi va uni sotib olishga tayyor edilar. Lekin moliyaviy muammolar bunga yo'l qo'ymadi. 2009-yil avgust oyida Kevin 4 mln. funt evaziga Angliyaning boshqa bir jamoasi "Portsmut"ga ko'chib o'tdi va 3 yillik shartnoma imzoladi. U sentyabr oyida "Portsmut"ning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. 2010-yil 15-may kuni "Wembley" stadionida bo'lib o'tgan Angliya kubogi finalida "Portsmut" "Chelsea"ga qarshi o'yin o'tkazdi. O'yin "Chelsea" foydasiga 1:0 hisobida yakunlanadi. O'yin vaqti Boateng "Chelsea" yarim himoyachisi Michael Ballackga qo'pollik qildi va Ballack to'pig'idan jarohat oldi. Shu sababli nemislar sardori 2010-yilda Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. O'yindan so'ng Boateng o'yin vaqti Ballack uning yuziga ikki marta urganini ta'kidlaydi va "Men Ballackdan maydonda ikki marta uzr so'radim. Men afsusdaman va buni atayin qilmagan edim" deb aytadi. 2010-yil 14-avgust kuni Kevin 5,7 mln. euro evaziga "Jenoa"ga yo'l oladi va 4 yillik shartnoma imzolaydi. Lekin 18-avgustda uni "Milan" sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. 2010/11 mavsumdan avval Massimiliano Allegri "Milan"ga murabbiy etib tayinlanadi. Undan tashqari klubga Boatengdan tashqari Robinho, Zlatan Ibrahimovic kabi futbolchilar kelib qo'shilishadi. Qizil qoralar mavsumni ajoyib tarzda o'tkazadi va 2011-yil 7-may kuni chempionat tugashiga ikki tur qolganida muddatidan oldin yetti yillik tanaffusdan so'ng "Skudetto" sohibiga ayalanishadi. 2013-yil 30-avgust kuni Boateng "Schalke 04" klubiga 12 mln. euro evaziga ko'chib o'tadi va 3+1 ko'rinishida shartnoma imzolaydi. 2015-yil may oyida u murabbiylar shtabi bilan bo'lgan kelishmovchiliklar tufayli asosiy jamoadan chetlashtiriladi va 2015-yil dekabr oyida "Schalke 04" futbolchi bilan shartnoma bekor qiladi. 2016-yil yanvar oyida u erkin agent maqomida "Milan"ga qaytadi va yarim yillik shartnoma imzolaydi. Mavsum tugagach, u "Milan" bilan shartnoma uzaytirmaydi va 1 yillik shartnoma bilan Ispaniyaning "Las Palmas" klubiga ko'chib o'tadi. 2017-yil may oyida Kevin klub bilan shartnomasini yana 3 yilga uzaytiradi. Lekin 16-avgustda shaxsiy muammolar tufayli klub bilan shartnomani bekor qilishga kelishadi. Yozda erkin agent maqomida "Sassuolo"ga yo'l oladi. 2019-yil yanvar oyida u keyinchalik sotib olish sharti bilan "Barcelona"ga yarim yil muddatga ijaraga o'tadi.

Amaldagi shartnoma muddati: 2019-yil iyungacha (ijara)