To'liq ismi: Juan Miranda González

Tug'ilgan kuni: 2000-yil 19-yanvar

Tug'ilgan joyi: Olivares, Ispaniya

Fuqaroligi: Ispaniya

Bo'yi: 185

Vazni: 79

Juan Miranda o'z faoliyatini Sevilyaning "Betis" klubi akademiyasida boshlagan. 2014-yilda 14 yoshli Juan "Barcelona" akademiyasiga kelib qo'shilgan. 2017-yil 19-avgust kuni u "Segunda Division" chempionatida "Real Valladolid"ga qarshi o'yinda "Barca B" uchun debyut o'yinini o'tkazdi. Miranda o'zining birinchi golini 2018-yil 27-yanvarda "Granada"ga qarshi o'yin (3:0)da kiritdi. 2018-yil 11-dekabr kuni u "Tottenham"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, "UEFA Chempionlar Ligasi"da debyut qildi.

Amaldagi shartnoma muddati: noma'lum