"ONE-ON-ONE BATTLE" 1/4 Final!

O'z fikrlaringizni bildirishingiz uchun saytdan ro'yhatdan o'tish kerak.

Fikrlar:

2017-01-12 21:58:40
Hammadan uzr men ""ketib qolishga majbur bo'ldim! Srochni chaqirib qolishgandi. Ammo sayt menda qotishiga qaramasdan qo'ldan kelgancha o'z fikrlarimni bayon etishga harakat qildim. Moura va Dimaria haqida ham fikrlarim bor edi ammo sharoit buni taqozo etmadi, shunisi nasib etganiga ham shukr! Ayubxon aka va Jahongir okaga katta rahmat qiziqarli bahs uchun! Ikki "yulduzlar" fabrikasi to'qnashuvi guvohi bo'ldingiz )))
2017-01-12 21:39:36
Бу галги уйин умуман ажойиб утади, севилйа борини беради лекин Реал нападенийага срази утиб кетмаса кере
2017-01-12 21:32:55
Бой акага тел килдим хожайин котардилаку.)
2017-01-12 21:32:06
Рахмат Ройс ога)
2017-01-12 21:27:20
Ajoyib bahs uchun Muhammad ukamga kattakon rahmat !!!!

Endi bu juftliklardan Hamidboyga omad! Javohir mendan hafa bölmaysiz degan umiddaman. Chunki Busket dunyoning eng yaxshi Tayanch yarim ximoyachisi xisobladi. Bu bori yög'i achiq bölsa ham xaqiqatdir__!))))

Omad ikkala shitrokchilarga ham ajoyib bahs guvoxi bölamiz degan umiddaman Javohir !))))
2017-01-12 21:25:59
Заринани карааа.)
2017-01-12 21:19:25
#83 Mayli ketdik unda.))
2017-01-12 21:17:57
#83 Aka man qo'shib berardim lekin Muhammad ketib qoldida.))
2017-01-12 21:15:39
Gospadin-FCB_10

Tög'risi ishdan hozir böshadim va Uyga keldim. Yana 30 daqiqa mazza qilib Suxbat qurgim kelgandi. Afsus vaxt oliy hakam! Eng tepaga chiqing Suxbat quramiz !))))
2017-01-12 21:07:51
2-juftlik uchun yuqorida savol chiqdi
2017-01-12 21:01:30
#79 MARKO_REUS Nimaga?
2017-01-12 21:00:52
Rasman 1-Juftlik baxsi o'z nihoyasiga yetdi! Ishtirokchilarga bugungi baxslashuvi uchun o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman! Omad
2017-01-12 20:59:59
Jahongir bizga 30 daqiqa qöshib bersangiz iloji bölsa. 21:30 ga qadar
2017-01-12 20:56:38
FC-NASAF

Men hali beri Umtiti Abidalni darajasiga chiqgani yöq dedim. Lekin özidagi ishonch va töp bilan ishlash xususiyatlari qaysidir manoda Abidalni eslata oladi dedim ukam!
2017-01-12 20:46:40
Men umuman Verattini Pirloga qiyoslamagan bölardim. Chunki hozirgi vaxtda necha yoshda bilmayman. Lekin Pirloni munosib örin bosari bölolmaydi. Chamasi bundan 12-yillar muqadam vaxtdan beri uni öyinlarini kuzataman. Uni maydonda qilayotgan harakatlarini faqat va faqat Xaviga qiyoslash mumkin. Lekin Verattiga emas. Tög'ri U hali yosh kelajakni oldindan gapirib bölmaydi dersiz? Lekin U "PSJ"da turib "Real" va "Barselona"ni diqqat e'tiboriga U qadar tushgani ham yöq. Kegin men uni Tramaga moyil futbolchi deb bilaman !!!!
2017-01-12 20:45:38
#74 MARKO_REUS Ayni damda Yumtitini Abidalning o'rinbosari deyishdan yiroqman! Sababi haicha o'z qobiliyatini yaqqol namoyish etib a"ajralib" chiqa olmayapti Yumtiti. Yuqoridagi rad javobimni kelajakka ham bog'lab aytishdan yiroqman!
2017-01-12 20:40:42
1-mavzuga qaytadigan bo'lsak, PSGning Ibra ketganidan so'ng asosiy triosi Dimariya, Kavani va Lukas Moura bo'lib qoldi. Kavani... Napolidek, jamoada 3 mavsumda 100 dan oshiq gol urishga erishgan futbolchi, Napoli "hoyini"ga aylangach jamoa muxlislari qarg'ishiga uchragan shekilli PSJ da Neapoldagi kabi bir o'yinda bir gol strategiyasi "oxshamay" qoldi. Uning eng yorqin mavsumi Napolidagi songi mavsumi nazarimda. Chunki bir vaqtning o'zida Italiya ligasi va chempionati to'purari, Italiya va Uruhvay yil futbolchisiga aylandi. Kavanida sovuqqonlik va vaziyatni to'g'ri tanlay bilish va golni sezish qobiliyatlari yuqori. Bu esa asl markaziy hujumchiga hos. Yuqoridagi gaplarimiz bn Kavani PSJda kuchsizlanib ketdi va gollar urmay qo'ydi deyishdan yiroqmiz. Ammo gol urish koeffitsiyenti biroz pastlab ketti. Ayni damda Kavani jamoasi "kichik inqiroz"da bo'lsada, u o'z to'purarlik hislatini yo'qotmadi. U Liga 1 da yaqqol to'purar (18 ta gol) va barcha turnirlardagi har o'yinida gol urmoqda statistik jihatdan.
2017-01-12 20:26:20
Bir vaxtlari "Barselona"da öz öyinlari bilan biz muhlislarni yoqimtoyiga aylangan Abidalni ham örinbosari sifatida beymalol Umtitini körish mumkin. Tög'ri U hali Abidal darajasiga hali beri chiqganicha yöq. Lekin uni öyinidagi shijoat va g'ayrat be'extiyor har bir futbol muhlisiga Umtitini Abidalga öxshash xususiyatlari eslatib yuborishi tabbiiy hol !!!!
2017-01-12 20:25:31
FCB_10 OK!

#67 MARKO_REUS Ha mayli Juninyoga keladigan bo'lsak, Juninyo ilk pro golini urganda, Koutinyo esa bir yoshga to'lgandi endi. Juninyoning qo'nim topgan jamoasi Lion bo'lsa (8 yil), Koutinyoniki esa Liverpul, endi 4-mavsumini boshlab oldi. Shu paytgacha Barselona nishonida turgan futbolchi, yuqori dribling va texnika sohibi hisoblanadi. Pleymeykerlik borasida ancha qobiliyatli. Muximi hali yosh shu sababli una kelayotgan sovchilar tinmayapti. Juninyo esa Koutinyodan farqli ravishda to'purarlik qobiliyati yuqori edi. Shu bilan birga Koutinyodan kam bo'lmagan pleymeykerlik qobiliyatiga ega sobiq futbolchi. Juninyo faoliyatining yorqin damlari kech 26 yoshida boshlangan. Koutinyoni esa 20 yoshida ham yosh yulduz sifatida hamma tanir edi. Koutinyoga sobiq klubining hamshaharidan taklif kelayotgan bo'lsada ketishga shoshilmayapti. Lekin Katalon formasini yana bir bor (Ammo boshqa jamoada) kiyish istagi yo'q emas. Xullas mening nazarimda Koutinyo bemalol Juninyoning termadagi izdoshi bo'la oladi. 22 yoshidanoq Braziliya terma jamoasining asosiy figurasiga aylanishni boshlagan edi.
2017-01-12 20:12:25
Men uchun ham muhimi ajoyib bahs g'oliblik emas. Men uchun ham Ajoyib bahs bölsa bölgani. Omad sizga !))))
2017-01-12 20:04:55
Hammasi joyida ketadi. siz bilganlarizni aniq faktlar bilan izohlab boravering bu ochko olishingiz uchun yaxshi
2017-01-12 20:03:36
#69 Man agar birinchi savol maqul kelmasa deb ikkinchi savolni qo'ygandim. siz bemalol davom raqibingizga qarab davom ettiravering. Hamma joyida bo'ladi
2017-01-12 19:57:30
#67 MARKO_REUS Endi unaqamasda bitta mavzu haqida suhbatlashaylik...] Gospadin shu ikkinchi mavzu, birinchi mavzudagi bahs yakunlanmaguncha chiqarilishi shartmas edi menimcha..[
2017-01-12 19:55:23
Bavariya triosida Lewadan so'ng Ribben yoki Robery... iye nimalar deyapman ))) Xullas ulardan birini eslansa ikkinchisi ham qistirib o'tiladi. Shuning uchun ularni ayro xolda yozmaslikka qaror qildim. Simulyator deb ataydigan futbolchim ya'ni Robben 4 ligada to'p surgan kamyob futbolchilardan biri. Shunday bo'lsada, u barcha (ispaniya, gollandiya, Angliya, Germaniya) ligalarda ham o'z mahoratini namoyish eta oldi, ba'zilar kabi yangi muhitda "berkinib" qolmadi. U faoliyati davomida har uchinchi o'yinda maydonni golsiz tark etmagan! U yuqori tezlik, dribling va texnika sohibi hisoblanadi. U qanotdan boshlagan hujumlarini to'xtatish uchun yetib ololmasligingiz u yoqda tursin, unga nisbatan fol ishlatmaslikni ham taklif etaman. Sababi masalan Messini yiqitib "to'pga o'yin"ni namoyish etib hujumlarda to'xtatish mumkin. Ammo Robbenni shunchaki o'zi xato qilishini kutgan maqul ))) Chunki u sanatdan ham habardor, ajoyib aktyor))) Xullas shunaqa "ijobiy" taraflari ham bor. Shuncaki so'nggi JCH o'z ertagini yaratgan Kosta Rikaga qarshi "sobiq uchar gollandlarni" o'yinini tomosha qiling. Unda Robbenning ikki jihati ham namoyon bo'lgan )) Yuqorida "sobiq" deganim bejizga emas. Ular uchmas golandga aylanib ulgurishgan. Bunga Yevro 2016 da saralashdan o'ta olmaganini sabab qilib ko'rsatsak, undan keyingi o'rtoqlik uchrashuvlarida esa saralashdagi muammolar shunchaki omadsizlik natijasi emasligini "isbotlab" berishdi. Mavzuga qaytadigan bo'lsak, endi navbat G'ibeg'iyga..] Fransiya qiroli Frank Riberi o'zining super faoliyatini Marseldan boshladi. Endi u shunchaki yarim himoyachi emas edi. Shu klubda uning to'purarlik qirrasi ham ochila boshladi. Riberi Robbenning "egizagi" hisoblanib, undan tezlik jihatdan biroz ortda qolishini hisobga olmasak, qolgan barcha (texnika, dribling va h.k.) hislatlar mavjud. Uning driblingi va "aldash" qobiliyati yuqori darajada ekanligini PES o'yinida unga berilgan Aktivist kartochkasi ko'rsatib turibdi )))(gap yog'ida gap turkumidan))) Oltin to'p davogarligigiga nomzodi qo'yilganidan so'ng, termada faoliyatini yakunlashi Fransiya uchun katta yo'qotish bo'ldi. Shundan so'ng uning faoliyatda "kichik va katta inqirozlar" yuzaga kela boshladi. Ketma-ket jarohatlar xatto unga o'z faoliyatini yakunlashdek fikrni hayolidan o'tkazishga majbur etdi. Ammo u qisman qaytishni namoyish qildi...
2017-01-12 19:50:05
Unda men 2-chi Mavzudan boshlasam. "Brazilya" milliy terma jamoasi va "Fransiya"ning "Lion" klubida ajoyib öyinlari bilan biz futbol muhlislarining nazariga tusholgan Juninyoni men beymalol örinbosari sifatida Coutinhoni körolaman. Chunki bugungi kunda Filliponi körsatyotgan öyinlari hech bir jihatlarini Juninyodan kam deb bilmayman. Tög'ri Juningyo Jarima zarbalaridan fantastik gollar urib muhlislar qalbidan chuqur joy olib ulgurgan. Lekin Coutinho ham öz ustida ishlab xuddi manashunday tempda ketsa. "Brazilya" tarixidagi eng yaxshi futbolchilar qatoriga kiradi. Shundoq ham bu shovvoz 23-yosh bölishiga qaramay "Brazilya"da yilning eng yaxshi sportchisi unvonini qölga kiritib ulgurdi. Qolaversa bu qahramonimmizning "Barselona"dek dunyoning eng buyuk klubi qiziqayotgani ham fikrimning ispotidir !!!!
2017-01-12 19:28:40
#61 Gospadin-FCB Ofitsial bo'lsa ofitsialda ))

#63 MARKO_REUS Salom Ayubxon aka! Bugun ikkimiz mazmunli o'yin o'tkazamiz degan umiddaman! Muximi g'alaba emas, insoniylik yo'qolmasin! Start!
2017-01-12 19:25:52
Bavariyadan boshlay qolaylik: Lewandowski ayni damda kam sonli yuqori darajaga ega markaziy hujumchilar sirasiga kiradi (Suarez, Iguain, Ibra va h.k). Lewa sovuqqon hujumchi, birga-bir vaziyatlarda undan gol kutmaslik mubolag'a bo'ladi menimcha. 29 yoshga tomon ildamlayotgan bu hujumchi, yildan-yilga jismoniy forma jihatdan kuchaysa kuchaymoqda ammo pastga sho'ng'imayapti. Shunisi bilan u Aguero yoki Benzemadan farqli ravishda barqaror hujumchi hisoblanadi (jismoniy forma jihatdan). Uning rekord o'rnatgan penta-triki hali hamon muxlislar ko'z oldidan ketgani yo'q! Borussiya Dortmunddagi ilk mavsumi omadsiz kelganini hisobga olmasak ( 43 o'yin 9 gol) doim barcha klublarida to'purarlik mahoratini namoyish etib kelgan. Polsha va Germaniyada erishgan mavsum to'purari sovrinlari u qanday darajada golga "o'ch" futbolchi ekanligini yaqqol isboti. Lewa muntazam ravishda Real va u kabi "pulni betiga qaramaydigan" jamoalar yuborgan sovchilarga rad javob berish bilan ovora. Bular safiga mana bir yildirki, butun boshli Xitoy ligasi ham qo'shildi.
2017-01-12 19:19:50
#62 eee baquvvati kelganda qanaqa usuldan foydalanish keregidi.)) hajemaleykum janob Rasul iye yog'e mister Abduraxmon.)) tovba nimalar deyapman. Ko'rib qoldiiim.))) keling faqat bu yerga emas tepaga. Bu yerdagilar duelga shaylanmoqda yana o'q sizga tegib ketmasin
2017-01-12 19:18:16
Barchaga assalomu aleykum! Muxammad yaxshimisiz? Ukam ishlar uqishlar hammasi joyidami? Unda boshladik!
2017-01-12 19:13:00
Pooo körinmayapti hech kimga)))

Reklama

Reklama

Online foydalanuvchilar

Reklama

Bizga qo'shiling!

Qoidalar | Reklama | Biz bilan aloqa | Biz haqimizda
© FCB.UZ -Barcelona muxlislari sayti | O'zbekiston 2013-2017