Xorvatiya terma jamoasining yarim himoychisi Ivan Rakitic Ukrainaga qarshi g'alabani izohlab o'tdi.

— Xa, o'ylashimcha, endi biz Finlandiyaga qarshi o'yin natijalarini muhokama qilishimiz kerak (1-1). Ajoyib hatti harakatlarimizning evaziga biz kerakli natijani qo'lga kiritdik, lekin biz hali hamon ishni to'liq bajarmadik. 

Endi biz play off bosqichida o'ynaymiz, endi biz yana ham birlashib JCHga chiqish vazifasini uddalashimiz kerak. Biz play off bosqichini yaxshi biladigan tajribali jamoamiz. Umid qilamanki, hammasi hali yxshi bo'ladi.

Yangi murabbiylar shtabi ? Undan oldin, men oldingi murabbiylar shtabiga rahmat aytmoqchiman, bu g'alaba Ante Chachina murabbiylar shtabiga tegishli.

Yangi murabbiy uchun tayorgarlik ko'rishimiz uchun kam vaqt berilgan. lekin biz birlashib, buni uddalaymiz. Biz birinchi bo'limni yaxshi o'tkaza olmadik. Lekin ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. — dedi Rakitic.

www.fcb.uz

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak