Ernesto Valverde "Liverpool"ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.

"Barcelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Liverpool"ga qarshi uchralgan mag'lubiyatdan so'ng intervyu berdi.

"Qachonki siz 4 ta gol o'tkazib yuborsangiz, siz o'zingizni oqlay olmaysiz. Siz faqatgina o'z kechirimingizni so'ray olasiz"

"Eng alamlisi shuki, bu yana qaytarildi. To'g'ri, ularning gollari juda ham tezkor bo'ldi, lekin biz o'zimizga kela oldik va bir qancha foydalansa bo'ladigan vaziyatlar yarata oldik. Lekin gol ura olmadik. 
Raqib kuchli edi va buni qabul qilishimiz kerak. Ikkinchi gol bizga ruhiy zarba bo'ldi va keyin ular tezda uchinchi golni urishdi. Ularning ushbu tezkor gollaridan so'ng (54-56-daqiqalardagi) barcha narsa bizga qarshi bo'ldi. Biz esa o'zimiz yaratgan vaziyatlarni ko'kka sovurdik"

"Qachonki raqib shunday o'yin bilan qaytsa, bahona qilishni keragi yo'q. Biz "Liverpool"ni o'tgan haftadan kuchliroq o'ynashini tahmin qilgan edim. Ular shunday qilishdi ham, biz esa ularning baland pressingiga qarshi kurasha olmadik"

"Ular juda qattiq o'ynashdi. Biz ularni finalga chiqqanlari bilan tabriklashimiz kerak. Men boshqa hech narsa deya olmayman. Biz ham buni kutmagan edik. Menga bu qanday ta'sir o'tkazishini bilmayman. Murabbiy hamma javobgarlikni o'z bo'yniga olishi zarur.  Bu juda og'ir, ayniqsa muxlislarimiz uchun. Mana ikkinchi yil ketma ket raqiblarimiz shunday "come back" amalga oshirishmoqda. "

"O'tkazib yuborilgan gollar – bu har doim kimningdir xatosi. Agar siz har qanday golni tahlil qilsangiz, o'shanda qayerdadir bo'sh nuqtani topa olasiz. Raqib bizni to'rtinchi golda hayratda qoldirdi. O'sha vaziyatda mening futbolchilarim hech narsa qila olmagan holda golni tomosha qilishdi. "Liverpool" tezkor o'ynadi va urdi"

"Biz ularga golga harakat qilish uchun o'yinimizni bir necha bor o'zgartirdik. Ular bizga juda kuchli bosim o'tkazishdi, ular tezkor hujumlar qila olishdi va ularning hujumlari borgan sari xavflilashar edi. Biz ularni to'xtatishga harakat qildik, lekin keyin o'sha g'ayrioddiy to'rtinchi gol urildi va biz mag'lub bo'ldik"

"To'rtinchi gol? Biz "Liverpool"ni standart vaziyatlarda kuchli ekanini bilar edik va shunga qarshi diqqat bilan tayyorlangan edik. Lekin kutilmagan o'yin bo'ldi. To'g'risini aytsam, men to'rtinchi goldagi vaziyatda nima bo'lganini bilmayman. Men faqat gol darvoza to'riga borib tushganini ko'rishga ulgurdim"

"Qachonki siz shunday og'ir zarbani qabul qilganingizdan so'ng, siz bir necha yomon kunlarni boshingizdan o'tkazishingiz kerak bo'ladi. Huddi bizning futbolchilarimiz hamda muxlislarimiz kabi. Endi biz bu yo'lni bosib o'tishimiz kerak. Oldinda bizni Ispaniya kubogi finali kutmoqda va bundan so'ng mavsumni yaxshi yakunlab, bo'lgan barcha omadsizliklarni tahlil qilishimiz zarur. Lekin ayni damda biz tirik murda kabimiz. Bu juda yomon"

"Biz juda juda afsusdamiz. Bizning qilayotgan ishlarimiz – muxlislarni hursand qilish va ular buning uchun futbolchilardan faxrlanishi uchundir. Lekin bu futbol, bunaqasi ham bo'lib turadi. O'tmishda ham bizda juda og'riqli mag'lubiyatlar bo'lgan"

"Biz hammadan kechirim so'raymiz"

Farangiza OMONULLAYEVA 
O'zDJTU talabasi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-05-09 19:36:16
Tori etasila barselonaga yordamchi kere u hujimda erkin bolishi kere agar shunaqa vaziyat yaratilsa barselona raqiblani ayamidi
2019-05-09 09:21:12
de ligt, pogba, alaba, firmino olib, coutinho, vermalen, rafinya bazi arendaga olgan o'yinchilarini qaytarib sotish kere
2019-05-09 09:17:20
barselonaga hujumlarni sovuqqonlik bilan tugatedigan hujumchi kerek, vaziyat yaratadigan o'yinchilar o'zi shundayam ko'p
2019-05-09 09:15:41
valverde jamoaga messini yoniga kira oladigan o'yinchi sotib ol