Jose Mourinho: "Valverdening buni tushuntirishga harakat qilishini ko'rishni xohlar edim"

Taniqli bosh murabbiy Jose Mourinho "Barcelona"ning "Liverpool"dan qabul qilib olgan yirik mag'lubiyati haqida gapirdi.


"Yo'q, yo'q, men "Liverpool"dan buni kutmagan edim. Men faqat imkonsiz narsa mumkinligini aytdim.  Men agar buning imkoni bo'ladigan bo'lsa, "Anfield" - imkonsiz narsa amalga oshishi mumkin bo'ladigan joylardan biridir deb aytgan edim. Lekin bir narsani aytib o'tishim joiz, bu remontada (Come Back)da faqat bir ism bor – bu Jurgen Klopp. Bu yerda gap taktika masalasi emas, balki falsafa masalasidadir. Va albatta harakter va yurakdan bo'lgan ishonchda hamda jamoadagi birdamlik va yaxshi munosabatdadir"

"Menga buni tushuntirib berish juda qiyin. Agar mening jamoam birinchi o'yinni 3:0 hisobidagi g'alaba bilan tugatib, javob o'yinida 0:4 hisobida mag'lub bo'lishiga ishonishim juda juda qiyin bo'lar edi. Agar siz bunday golni 14-15 yoshli bolalar o'ynayotgan o'yinda ko'rsangiz, yosh bolalarning xatosida, ularda futbol o'ynash uchun harakter yo'q, bolalar futbolning asosini o'rganishlari kerak deb aytasiz. Lekin biz hozir dunyoning eng zo'r futbolchilari haqida gapiryapmiz! Valverdening buni tushuntirishga harakat qilishini ko'rishni xohlar edim. Lekin men hali ham unga buni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi deb o'ylayapman"

Farangiza OMONULLAYEVA 
O'zDJTU talabasi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak