Ernesto Valverde bugun matbuot anjumanida qatnashdi

"Barcelona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Getafe"ga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bu juda qiyin hafta bo'ldi. Ertaga biz hali ham shu yerda ekanimizni ko'rsatishimiz kerak. Biz o'ynashda davom etishni xohlaymiz.

- "Liverpool" bilan o'yin mening yodimdan chiqmayapti. Bizda gol urish uchun vaziyatlar bo'lgan edi, lekin ikkinchi bo'limda ular ikkita tezkor gol urishdi

- Jamoaga murabbiylik qilishda davom eta olamanmi? Menda hammasi joyida va menda davom ettirish uchun kuch bor. Biz bu omadsizlikni yengib o'tishimiz va kelajak haqida o'ylashimiz zarur.

- Men "Liverpool"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Bartomeo bilan gaplashdim va u bilan suhbatdan so'ng mening ishonchim yana qayta tiklandi. U menga shaxsan yordam berdi.

- Bizni hali ham Kubok uchun muhim o'yin kutmoqda.

- Suarezning jarohati? Men shifokor emasman, ammo unda ba'zi muammolar bor edi. Luis har doim o'ynashni xohlaydi.


- Muxlislarda o'zlarining fikrlari va his tuyg'ularini o'zlari xohlagan tarzda ifoda etishga haqlilar. Lekin bundan hammamiz azob chekayotganimizni tushunishimiz kerak. Bizning erishgan yutuqlarimizni birgina mag'lubiyat bilan unutib yuborish kerak emas. Bu mavsumni yomon deb atab bo'lmaydi. 4:0 hisobidagi mag'lubiyatni hisobga olmasak, jamoa juda yaxshi mavsumni o'tkazdi.

- Rakitic – haqiqiy professional. Darhaqiqat, u mag'lubiyatdan so'ng Sevilya shahriga yo'l oldi. Biz bu vaziyatni u bilan muhokama qildik.

- Pique, Messi va Busquets qarimoqda? Ular hali bunday darajada yana qancha o'ynay olishlarini bilmayman. To'g'risini aytsam, 30 yoshdan so'ng charchash alomatlari sezila boshlaydi

- Meni iste'foga chiqarishsa, buni to'g'ri tushunamanmi? Ayni damda tushunadigan hech narsa yo'q. Bizning maqsad – Ispaniya Kubogini yutish.

Farangiza OMONULLAYEVA 
O'zDJTU talabasi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak