Leo Messi "Barcelona" muxlislariga murojaat qildi

“Barcelona” jamoasi sardori va klub tarixidagi eng kuchli futbolchi sanaladigan Leo Messi kecha mavsum yakunida klub muxlislariga murojaat qildi. U shu kunlarda terma jamoasi ixtiyoriga borib qoʻshilishidan avval, fanatlar armiyasiga aytgan soʻzlarini eʼtiboringizga taqdim etamiz.

Bu mavsum biz uchun oʻta qiyin oʻtdi. Soʻnggi yillarda bizning klub ogʻir qadamlar bilan finishga yetib kelmoqda. Afsuski , biz YECHLda gʻolib chiqa olmadik. Men bu yerda oʻtirib shu gaplarni aytayotganimdan uyalib ketyapman. Darhaqiqat, biz bir necha yildan beri “shalpangquloq”ni “Kamp Nou”ga olib kelishni uddasidan chiqa olmayapmiz. Bu hozirda bizning asosiy muommolarimizdan biri! Muxlislarimizning ichki chempionatdagi gʻalabalarimiz qiziqtirmay qoʻygan. Ular bizning xalqaro maydondagi yutuqlarimizni istashmoqda.“Barcelona” dunyoning eng qudratli klublaridan biri sanaladi. Toʻgʻri, hozirgi ahvolimizda bu soʻzga toʻliq mostushmasligimiz mumkin, biroq bizning boy tariximiz va oʻz dunyoqarashamiz mavjud. Achinarlisi, 2 ta mavsumdan beri YECHLda qaqshatqich magʻlubiyatga uchrab kelmoqdamiz.  Men uchun bunday magʻlubiyatlarga uchrash sharmandali holat! Mavsum soʻngida muxlislardan uzr soʻramoqchi edim. Bu mening jamoa sardori sifatida oʻtkazgan ilk mavsumim edi va bu mavsum omadsiz yakunlandi. Hamma ayb va kamchiliklarni oʻz boʻynimga olaman va jamoamdan va uning yer yuzidagi barcha muxlislaridan uzr soʻrayman. Sizlar bunday natijaga loyiq emas edingiz.Hammasini oʻz oʻrniga qaytarish uchun keyingi mavsum oldidan bizni katta oʻzgarishlar kutmoqda. Umid qilamanki,oʻzgarishlar biz uchun kerakli natijaniolib keladi va keyingi mavsumda YECHLda aynan bizning klub gʻolib chiqadi.

Manba:Foot Bazza

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#1 22rumi
2019-05-30 23:44:09
Seni aybing yoq Messi, hammasi anavi 2 ta bez yaitslarda Bartomeu va Valverde.
Keyingi mavsum kamida 2 ta xujumchi va 1 ta ximoyachi olish kerak!