“Barcelona” Neymardan ham voz kechdi

Image result for neymar

Oldinroq “Barcelona” “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanning transferidan voz kechgani haqida xabar bergandik. Buni qarangki, Kataloniya klubi Neymarni sotib olish fikridan ham qaytgan.

“Diario Sport” nashriga koʻra, Kataloniya klubi transfer amalga oshishiga ishonmayapti. Birinchidan, klub rahbariyati Neymarni sotishni umuman istamayotgan “PSJ” rahbariyati bilan kelisha olishiga koʻzi yetmayapti. Qolaversa, “Barselona” Neymarni sotib olishi uchun bir nechta futbolchisidan voz kechishiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, Neymar Kataloniya klubiga oʻtsa, maoshi kamayishiga rozi boʻlishi kerak, bu ham bir muammo.

Manbaning yozishicha, yuqoridagi sabablar tufayli “Barselona” hozircha Neymar variantini bir chetga surib qoʻygan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak