Messi Ronaldu haqida: "Qanday qilib har mavsumda 50ta gol uradigan futbolchini qo'yib yuborish mumkin?"

 

 

Related image

"Barselona" sardori Lionel Messi o'tgan yili "Real"dan "Yuventus"ga o'tgan Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Mavsum startida men bu haqida gapirgandim va "Real" o'shanda g'azablangan edi, ammo bu haqiqat.

Qanday qilib har mavsumda 50ta gol uradigan futbolchini qo'yib yuborish mumkin? Ronalduning ketishidan so'ng bu holat "Real"da va boshqa har qanday klubda sodir bo'ladi.

Tabiiyki, La Liga uni yo'qotmoqda. Qanchalik kuchli futbolchilar ligada ko'p bo'lsa raqobat ham shunga yarasha bo'ladi.

U bu erda o'ynagan payt juda zo'r edi, chunki har yili jamoalarimiz o'rtasida katta kurash kechardi. O'ylaymanki bu kurashlarda men yomon harakat qilmadim", - deydi Messi.

Farangiza OMONULLAYEVA 
O'zDJTU talabasi

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak