De Ligt "Barcelona" haqida gapirdi

Matthijs de Ligt "Mundo Deportivo" nashri uchun intervyu berdi.

"Men uchun eng asosiysi – men o'tayotgan jamoada menga asosiy rol berilishi va ko'p o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishim haqida bilish. Mening yuragim qayerga o'tishim kerakligini xohlashini hali bilmayman. Shu paytgacha men bor diqqat e'tiborimni "Ajax" va milliy terma jamoaga qaratdim. Endi esa men ta'tilga chiqib, yaxshilab o'ylab va qaror qabul qilsam bo'ladi"

– "Barcelona"da Pique, Umtiti, Lenglet va Todibo bor. Ushbu fakt sen qabul qiladigan qaroringni hal qila oladimi? Raqobat seni qo'rqitadimi?

"To'g'ri, "Barcelona"da ajoyib himoya chizig'i mavjud, lekin meni raqobat qo'rqitmaydi. "Barcelona"dek buyuk klubda raqobat bo'lishi aniq"

– Do'sting de Jong bilan yoki Messi bilan birga o'ynashni orzu qilasanmi?

"Albatta, Frenkie bilan birga "Barça"da o'ynash – ajoyib bo'lgan bo'lar edi, lekin undan tashqari men o'zim uchun ham yaxshisini tanlashim kerak. Men o'zimning yo'lim bilan ketishim kerak"

– "Barça" "PSG" yoki boshqa klublar kabi ko'p maosh to'lashga qurbi yetmaydi. Agar sen kataloniyaliklarni tanlasang, bu narsa sen uchun muammoga aylanmaydimi?

"Yo'q, pul muammo emas. Gap bunda emas"

– Agar pul muammo bo'lmasa va sen "Barça"dagi raqobatdan qo'rqmasang, unda nega bu jamoaga o'tishdan ikkilanyapsan?

"Chunki o'ylamay qaror qabul qilib bo'lmaydi. Balki hozir "Barcelona"ga o'tish vaqti emasdir. Balki buni vaqti kelmagandir. Men ta'til vaqti bu haqda yaxshilab o'ylab, qaror qabul qilishim lozim. Boshqa hech narsa deya olmayman"

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-06-16 08:32:12
e de ligtjon agar sanam neymar akeng o'xshab pul uchib ketsang taginga olganing shu buladi. keyin yalinib yurasan mani sotinglar dib
2019-06-12 13:43:41
Eee ot barsaga