Barcelona sobiq futbolchisi Thiago Alcantara Dembeledek ajoyib futbolchini imzolashda Bavariyani qo'llab-quvvatlaydi

Ousmane Dembelega Bavariya jiddiy qiziqish bildirmoqda. Barcelona sobiq futbolchisi Thiago Alcantara uning transferi haqida shunday gapirmoqda, deya xabar qiladi Sport.

"Dembele - ajoyib futbolchi, men bu gaplarni unga qarshi o'ynagan futbolchi sifatida aytmoqdaman: u juda yaxshi futbolchi. Men Bavariyaga kelmoqchi bo'lgan barcha buyuk futbolchilar bilan o'ynashni istayman, biroq, futbolchini sotib olish, yoki olmaslikni hal qiladigan sport direktori emasman", - deydi Thiago.

Eslatib o'tamiz, Neymar va Griezmanning Barcelonaga ehtimoliy kelishi tufayli, Dembelening kelajagi so'roq ostida turibdi. Futbolchiga Bavariya anchadan buyon qiziqib kelmoqda.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak