Barcelona Griezmann transferini tezroq hal qilish yo'llarini qidirmoqda

Kataloniyaning birinchi darajali muhbirlaridan biri Gerard Romeroning so'zlariga ko'ra, Antoine Griezmanni Atleticodan Barcelonaga olib kelish uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi.

RAC1 muhbiri klub kelasi haftagacha shartnoma imzolashini ta'kidlamoqda. Hozircha Barcelona Atleticoni qo'niqtiradigan to'lov usullarini qidirmoqda va klub ko'proq fransuz uchun futbolchi qo'shib berish variantini ma'qullamoqda. 

Griezmanning 120 millionga shartnomasini sotib olish punkti kelishuvga to'sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri bo'lib turibdi. Oldinroq Kataloniyaliklar futbolchiga pulni bo'lib to'lab bermoqchi ekanlgini ma'lum qilishgan, biroq Madridliklar shartnomani sotib olishi kerakligi borasida qattiq turib olishgan edi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak