Barcelona hodimlari Griezmann tufayli hatto uch kun maoshini ololmadi

"Barcelona" hamon Griezmann borasida kelishuvga erisha olgani yo'q.

Kataloniya klubi bugun, 10-iyul kuni, futbolchining shartnomasida belgilangan 120 million yevroni to'lab transferni amalga oshirishi, juma kuni uni Camp Nouda tanishtirishi va futbolchi dushanbadan mashg'ulotlarga qo'shilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq Barcelona to'lovni amalga oshirish borasida muammolarga duch kelmoqda, gap klubning ushbu operatsiya kafolati bo'lishi kerak bo'lgan banklar bilan bo'layotgan muammolar haqida ketmoqda, deya xabar beradi AS nashri.

"Ko'k-anor ranglilar" rahbariyati to'lovni keyinchalik qilish uchun kelishuvga harakat qilib ko'rgan edi, biroq Atletico bunday taklifni rad etdi.

Moliaviy noaniqlik hattoki klub hodimlarining iyun oyi uchun maoshlarini 3 kun kechikib olishlariga ham keltirdi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak