Neymar "PSG"dan ketishini ommaga e'lon qilmaydi

"PSG" hujumchisi Neymar hamon "Barcelona"ga o'tish istagida.

Get French Football News nashri RMC Sportga tayangan holda, braziliyalik ushbu yozda Parij klubidan ketishi haqida ommaga e'lon qilmaydi, uning "Barca"ga o'tishiga ishonchi komil ekanligini xabar qilmoqda.

Hujumchi "PSG" sport direktori Leonardo bilan gaplashib olgan va jamoadan ketishni istashini aytgan. Neymar Kataloniya klubiga qaytishdan boshqa variantlarni ko'rib chiqmaydi.

Xabar qilinishicha, "Barcelona" sardori Lionel Messi va boshqa futbolchilar ham Neymarning qaytishiga ishonishmoqda. Bu haqida 27 yoshli futbolchiga Leoning o'zi yozishmalarida aytgan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak