"Barcelona" Griezmann transferi uchun kredit olmaydi

"Barcelona" "Atletico" hujumchisi Griezmann transferi borasida ish olib borishda davom etmoqda.

Mundo Deportivoning xabariga ko'ra, Kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchini sotib olish uchun kredit olmoqchi ekanligini rad etmoqda. "Barca"ga barcha zarur bosqichlarni amalga oshirish, kerakli narxni to'lash va bitimni amalga orishish uchun biroz vaqt kerak. 

Oldinroq, Fransuzning shartnomasidagi yuqori narxdagi tovon puli (120 mln) tufayli Barcelona barcha mavjud variantlarni ko'rib chiqishi aytilgan edi. Agar klublar kelisha olishmasa, Griezmanning vakili La Liga shtabiga borib, futbolchinign shartnomasini o'zi sotib oladi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak