Neymarning otasi: "Mening o'g'lim haliyam PSG futbolchisi, u nima uchun o'tmishi haqida gapira olmas ekan?"

Картинки по запросу Neymar

Braziliyalik hujumchi Neymarning otasi, o'g'lining Barcelona bilan YEChL-2017 1/8 finalida PSG ustidan 6:1 hisobida qozongan g'alabasi faoliyatidagi eng esda qolarli lahza ekanligi haqidagi gaplariga izoh berdi.

"Neymar 2017-yil, o'sha o'yinda ishtirok etgan PSG va uning futbolchilariga hurmatni yo'qotmagan, ularning ba'zilari Neymarning jamoadoshi ham. Ushbu o'yin yakunlanganidan to hozirgacha Neymar bu uchrashuvni faoliyatidagi eng muhim lahzalari deb hisoblab kelgan. Ko'plab muhlislar ham shunday hisoblashadi.

Nima uchun bu haqida so'rash kerak? Mening o'g'lim PSG futbolchi, ammo u o'zining tarixini unuta olmaydi. Ushbu tarix uning fransuz klubiga o'tishga yordam bergan", - deb yozib qoldirdi o'zining instagramida.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak