AS: Bugun Neymar mavzusi yopilishi mumkin!
Neymar yangi mavsumga tayyorgarlik o'tkazish uchun Fransiyaga qaytib keldi. AS nashri xabar berishicha, bugun hujumchi parijliklar sport dierktori Leonardo bilan uchrashadi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi futbolchining PSGdagi kelajagi bo'ladi. Har ikkala tomon ham o'z fikrlarini bildirishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, ushbu uchrashuv Neymarning faoliyatini qayerda davom ettirishini hal qiluvchisi bo'ladi. Oldinroq Barcelona rahbariyati futbolchini Kataloniyaliklar tarkibiga qaytmoqchi ekanligi haqida aytgan edi.
Agar Neymar PSGga qarshi boykot e'lon qilsa, klub unga qarshi huddi Adrien Rabiotga qilgan ishini qo'llashi mumkin, ya'ni futbolchi asosiy tarkibdan chiqarib yuboriladi, biroq shartnomasi klubda ushlab turiladi.