Bartomeu De Ligt uchun so'ngi yurishni amalga oshirdi

Картинки по запросу De Ligt

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Barcelona Juventusdan Ajax himoyachisi Mathijs de Ligtni ilib ketishga harakat qilib ko'rdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi prezidenti Josep Bartomeu de Ligtga qo'ng'iroq qildi, biroq u qong'iroqni to'g'ridan-to'g'ri agenti Mino Rayolaga o'tkazib yubordi. Agent Bartomeuga muzokara o'tkazish mumkinligini, buning uchun huddi Juventus kabi taklif yuborishi kerakligini aytdi. Shu tufayli Kataloniyaliklar ushbu transferdan butunlay voz kechishdi.

Yaqin orada, De Ligt Turinliklar safiga tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun yetib kelishi kutilmoqda.  Juventus 19 yoshli futbolchiga 70 mln yevro to'laydi. Bonuslar tufayli transfer summasi yana bir necha millionga oshishi mumkin. Gollandiyalikning tovon puli esa 150 million yevro qilib belgilanishi kutilmoqda.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak