Messi Neymar bilan telefon orqali gaplashib oldi

Похожее изображение

Barcelona hujumchisi Lionel Messi PSG hujumchisi Neymar bilan kelajagini muhokama qilish uchun telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar bermoqda Marca.

Manbaning yozishicha, Messi o'zining sobiq jamoadoshini va yaqin do'stini - Barcelonaning azaliy raqibi Real tarkibida ko'rishni istamaydi. Argentinalik Neymarni Madrid klubi taklifini rad etishga va Kataloniyaga qaytishga ko'ndirib ko'rgan.

Ma'lumki, Messi va Neymar yaqin do'stlar. Braziliyalik argentinalik futbolchi bilan birga o'ynab yuksalganini doim ta'kidlab kelgan. Messi ham futbolchini Kataloniyaga qaytishni istashini bir necha bor aytgan edi.

Oldinroq Real Neymarga yiliga 40 million yevrolik maosh taklif qilayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak