Abidal Parijga uchib ketdi. Neymar masalasi bugun hal bo'ladimi?

Barcelona sport direktori Eric Abidalni bugun mahalliy vaqt bilan 9:35da Barcelonadan Parijga uchadigan reysda ko'rishdi, deya xabar beradi COPE. U va Jaiver Bordas PSG bilan Neymarni imzolash uchun so'ngi yurishni amalga oshiradi.

Mashhur jurnalistlardan biri Gerard Romero Barcelona va PSG vaikllari bugun ilk marotaba uchrashib Neymar transferini muhokama qilishadi.

Boshqa bir manba, El Chiringuito muhbiri Ignasio Migelesning qayd qilishicha, Neymar Real bilanam, Barcelona bilanam shaxsiy kelishuvga erishgan, biroq futbolchi Los Blancosning moliaviy tarafdan ancha yaxshiroq bo'lgan shartnomasiga qaramay Camp Nouga qaytishni istaydi va u tomonlar kelishuvga erishishini kutmoqda.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-08-13 22:27:23
Adminlar, Neymar keldimi?