Neymar borasidagi muzokaralarning birinchi kuni yakunlandi

Barcelona va PSG Neymarning Barsaga qaytishi borasida muzokaralarning birinchi kunini yakunlashdi.

Hozircha hech qanday kelishuvga erishilmadi, deya xabar beradi ESPN. Biroq, ikkala tomon ham kelishuvni tezroq imzolashga qaror qilishdi va kelasi kunlarda yana kamida bitta uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan.

Kataloniyaliklar Real endilikda Neymar haqida muzokaralar o'tkazmasligiga ishonishadi va bu jarayonni osonlashtiradi.

Barcelonaning taklifiga kelsak, bir nechta xabarlarga ko'ra, ular shartnomani o'z shartlari bo'yicha yakunlashni istashmoqda: 100 million yevro va Philippe Coutinho va Ivan Rakitic. Parijliklar o'zaro kelishuvga yana bir futbolchini, ehtimol Nelson Semedoni qo'shishni istashyabdi.

Rakiticga keladigan bo'lsak, Leonardo shaxsan xorvatiyalikni Tuchelning yangilangan jamoasida ko'rishni xohlaydi va bu muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

Ayni paytda, Philippe Coutinho Bavariyaga ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqmoqda, ammo u baribir Neymarning muzokaralarida muhim rol o'ynashi mumkin.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak