CatRadio: Barcelona Neymarni €0 ga qaytarishni istadi

Ko'rinishidan, Neymar muzokaralarida yana bir hal qiluvchi omil bor: "Barca"ning qat'iy tanlovi.

Ishonchli manbalardan biri CatRadio xabariga ko'ra, kataloniyaliklar "PSG" bilan birinchi uchrashuvida to'g'ridan-to'g'ri o'yinchilarni almashtirishga harakat qilishgan. Ammo bu taklif parijliklar tomonidan darrov rad etildi. PSGning rejasi Philippe Coutinho va Nelson Semedoni olish, shuningdek, naqd pul taklif qilishdir.

"Barcelona"dagi vaziyatdan kelib chiqib, Semedoning ketishi haqiqatdan yiroqroq. Chunki Sergi Roberto endi o'ng qanot himoyasida o'ynamaydi va Ernesto Valverde yangi mavsumda portugaliyalikka va uning o'rnini bosadigan Moussa Waguega ishonch bildirgan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-08-14 11:46:21
БАРСА РАҲБАРИЯТИ ҲАМ АНОЙИ ЭМАСДА)